Jahon | 08:03 / 08.03.2016
5271
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh armiyasining 19 uchuvchisi IShIDga qarshi operatsiyalar vaqtida halok bo‘lgani ma'lum qilindi
AQSh harbiy-havo kuchlari IShIDga qarshi operatsiyalar davomida 19 harbiy uchuvchisini yo‘qotgan, deb xabar bermoqda AQSh harbiy-havo kuchlari vaziri Debora Li Jyeymsga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Biz 19 uchuvchimizni yo‘qotganmiz. Ulardan 8 nafari dushman harakatlari oqibatida halok bo‘lgan", deb ta'kidlab o‘tdi Jyeyms.
Qolgan 11 nafar uchuvchi nima sababli halok bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
AQSh prezidenti Barak Obama 2014 yil 10 sentabrda IShIDga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya yaratilishini e'lon qilgandi. Bungacha AQSh harbiy-havo kuchlari Iroqda jangarilarga qarshi zarbalar berayotgan edi.