Sport | 17:21 / 11.03.2016
1901
1 daqiqa o‘qiladi

«Nyukasl» Stiv Maklarenni iste'foga chiqardi

Stiv Maklaren «Nyukasl» jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi.

«Bornmut» jamoasidan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin klub rahbariyati shoshilinch yig‘ilish o‘tkazib, Stiv Maklaren bilan hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Bu qaror ko‘pchilik uchun kutilmagan qaror bo‘lishi mumkinligi, Stiv uchun ham, futbolchilar uchun ham noqulayliklar keltirishi mumkinligini tan olamiz va buning uchun ulardan uzr so‘raymiz.

Lekin biz jamoa manfaatlari uchun to‘g‘ri qaror qabul qilinganini his qilmoqdamiz», — deyiladi jamoa rasmiy saytidagi xabarda.

Bundan oldinroq, «Nyukasl»ga Rafael Benites yangi bosh murabbiy bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, 28 tur o‘yinlaridan keyin «Nyukasl» 24 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalining 19 o‘rnida bormoqda.