08:20 / 12.03.2016
1351

Rekordchi fazogir Skott Kelli nafaqaga chiqmoqda

AQShlik fazogir, koinotda o‘tkazilgan vaqt bo‘yicha rekordchi Skott Kelli 1 apreldan nafaqaga chiqmoqda, deb xabar bermoqda NASA agentligi.

Kelli 1996 yilda 4 koinot parvozini amalga oshirib, ilk bor fazogirlikka qadam qo‘ygan. 52 yoshli fazogir koinotda uzoq vaqt bo‘lishning inson organizmiga ta'sirini o‘rganish bo‘yicha dasturga ko‘maklashishni davom ettiradi.

Skott Kelli va rossiyalik fazogir Mixail Korniyenko Xalqaro koinot stansiyasida "Bir yil koinotda" missiyasida ishtirok etishib, mart boshida Yerga qaytishgandi.

Top