16:15 / 12.03.2016
4409

Shayx Zayniddin jome masjidi jamoasi hasharda faol qatnashdi

Hashar—xalqimizga xos bo‘lgan ozodalik, poklik, uyushqoqlik, bahamjihatlik ramzi. Ming yillardan beri o‘tkazib kelinadigan bu xayrli tadbir o‘zbek millatining obodlik va bunyodkorlikka bo‘lgan muhabbatining amaliy ifodasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

12-13 mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari kuni, deb e'lon qilingan. Mamlakatimizning barcha korxona-tashkilotlar qatori Toshkent shahar Shayxontohur tumani Shayx Zayniddin jome masjidida ham hayriya xashari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Odilxon Ismoilov boshchiligidagi masjid jamoasi mazkur tozalik tadbirida faol ishtirok etdi. Masjid ichi, tashqarisidagi hududlar tozalandi, dov-daraxtlar shoh-shabbalar butalib, pokiza holga keltirildi. Shuningdek, qabriston hududida ham tozalash ishlari o‘tkazildi. Qabr yoqalari o‘t-o‘lanlardan tozalanib, tartibga keltirildi.

Top