10:55 / 16.03.2016
1500

Floridalik politsiyachi haydovchi ayolni qutqarish uchun o‘zini qurbon qildi

Florida shtatidagi Hilsboro okrugi sherifi yordamchisi o‘zini qurbon qilish evaziga, haydovchi ayol hayotini saqlab qoldi. Bu haqda WFTS telekanalida xabar berilgan.

Haydovchi ayol Sara Gerenning hikoya qilishicha, u yo‘lda harakatlanayotganida qarshisida qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobil kelayotganini ko‘rgan. U chiroqlarni yoqib, qoidabuzarni yo‘lidan chiqishga undagan, ammo vaziyat o‘zgarmagan.

U qarshisidagi avtomobil bilan to‘qnashishdan qochib qutilish chorasini o‘ylayotganida esa yonida politsiyachi avtomobili quvib o‘tgan va uni to‘sgan holda qarshidan kelayotgan avtomobilga urilib, uni yo‘ldan olib tashlagan. To‘qnashuv tufayli politsiyachi ham, qoidabuzar haydovchi ham halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, o‘zini qurbon qilgan politsiyachi Jon Kotlif avariyalarni tekshirish va bedarak yo‘qolganlarni qidirish bo‘limida faoliyat ko‘rsatgan.

Top