Jamiyat | 17:15 / 16.03.2016
3555
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar chekishni tashlashni eng yaxshi usulini ma'lum qilishdi

Britaniyalik olimlar chekishdan sekin-asta emas, balki darhol voz kechish kerak, degan xulosaga keldilar. Ularning bu borada olib borgan tadqiqotlari haqidagi hisobot Annals of Internal Medicine nashrida chop etildi.

Oksford va Birmingem universitetlari xodimlari London universitet kollejidagi hamkasblari bilan tadqiqotda ishtirok etish uchun o‘zlarining zararli odatlaridan voz kechmoqchi bo‘lgan 697 nafar katta yoshdagi chekuvchilarni taklif qilishdi. Ularning barchasi chekishni tashlashdan oldin va keyin maslahat va tamakini o‘rnini bosuvchi nikotin terapiya (shimadigan konfetlar, plastir yoki spreylar) olishdi. Tadqiqot boshlangandan ikki hafta keyin chekishdan to‘liq voz kechish belgilangandi.

Ishtirokchilarni tasodifiy ravishda ikki guruhga bo‘lishdi. Birinchi guruh ko‘rsatilgan muddat davomida oddiy tartibda chekib yurgan. Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa to‘liq chekishni tashlashgacha sigaretlar miqdorini sekin-asta 75 foizga kamaytirishi kerak edi. Chekishni tashlash borasidagi muvaffaqiyatlar 4 hafta (birlamchi yakuniy nuqta) va 6 (ikkilamchi yakuniy nuqta) haftadan keyin qayd qilindi.

4 haftadan keyin birinchi guruhdagi 49 foiz ishtirokchi chekishdan to‘liq voz kechdi. Ikkinchi guruhda esa bu ko‘rsatkich 39,2 foizni tashkil qildi. 6-hafta oxiriga kelib esa chekmaydiganlar soni mos ravishda 22 va 15,5 foizgacha kamaydi.

“Chekishdan bir ondayoq voz kechish hattoki avval chekadigan sigaretlar miqdorini sekin-asta kamaytirmoqchi bo‘lganlarda ham uzoq muddatli natijaga olib keladi”, deb xulosa qildilar olimlar.

Avvallari chekuvchilar yetarlicha intilishning yo‘qligi va chekishni to‘liq tashlash vaqtini keyinroqqa surish istagi sababli chekishdan sekin-asta voz kechishni tanlashlari ko‘rsatilgan edi.