11:57 / 16.03.2016
1566

Qozog‘istonda 5 magnitudali zilzila yuz berdi

16 mart kuni Qozog‘istonda hududida tasnifi 5 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda mamlakat Ta'lim vazirligi qoshidagi seysmologiya qo‘mitasi saytida ma'lum qilingan.

Zilzila markazi Olma-Ota shahridan 569 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Hodisa natijasida yuz bergan vayronagarchiliklar va jabrlanuvchilar haqida ma'lumotlar yo‘q. Zilzila o‘chog‘iga yaqin joylashgan, aholisi 40 ming nafar atrofida bo‘lgan Ayagoz shahrida 4 balli zilzilani sezishgan.

Top