Jamiyat | 19:37 / 18.03.2016
4608
2 daqiqa o‘qiladi

Nogiron yigitga turmushga chiqayotgan qizni to‘y kunida katta sovg‘a qarshi oldi

To‘y kuni yoshlarning hayoti mutlaqo keskin tomonga o‘zgardi.

Kuyov bir necha yillar avval avtohalokatga uchragan edi. U o‘z nikoh oqshomigacha ahvoli yaxshilanishiga umid qilgan edi. Biroq, bari o‘zgacha tus oldi. Kevinda refleksli simpatik distrofiya rivojlanib ketdi va bu oyoqlarning amputatsiya (tananing periferik qismini olib tashlash operatsiyasi)siga olib keldi.

Shunga qaramay, Kevin hech nimadan nolimay, quvnoq bo‘lishda davom etdi va sevgilisini tinchlantirib, bundan-da yomonroq hodisa bo‘lmagani uchun shukr qilishini so‘radi.

Bo‘lajak turmush o‘rtoqlar bir-birlarini ilk uchrashuvdayoq sevib qolishgan edi va Kevinning qaylig‘i uning aravachaga mixlanib qolganidan biron marta ham nolimadi. To‘y kuni Kevin bo‘lajak rafiqasiga kutilmagan sovg‘a qilishga qaror qildi.

Barcha mehmonlar yig‘ilgan, kelinni mehrob tomon olib borishmoqda. Barchaning o‘rnidan turishi so‘raldi va shu vaqt kelinni qarshi olayotgan Kevin ham ikkala oyoqda o‘rnidan turdi. Qiz hayratdan lol qolib, quvonch yoshlarini yashira olmadi.

Kevin to‘ygacha uzoq vaqt katta tuhfa tayyorlashni reja qilgan edi: u psixoterapevt, protezist huzuriga qatnab, kuchli og‘riqlarga qaramay, yurishni o‘rgandi. Ammo uning bu jasorati sabrli sevgilisi uchun ajoyib mukofot bo‘ldi.