21:52 / 18.03.2016
2077

Parijda go‘sht mahsulotlari sotuvchi birinchi avtomat paydo bo‘ldi

Fransiya poytaxti Parijda go‘sht mahsulotlari sotuvchi birinchi avtomat paydo bo‘ldi. Associated Press axborot agentligining ta'kidlashicha, parijliklarda kunbo‘yi o‘zlarining sevimli bagetlarini sotib olish imkoniyati bor edi, endi ular o‘rdak konfisi va mol karpachchosi kabi delikateslarni ham sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Savdo avtomati shaharning sharqida Sharonn ko‘chasida joylashgan. U L'ami Txulette go‘sht do‘koni egalari Florans va Mishel Puzolga tegishli bo‘lib, juftlik uni yaratishga 40 ming yevro sarfladi.

Florans Puzolning aytishicha, ularning do‘konlari yakshanba va dushanba kunlari yopiq bo‘ladi, qolgan kunlari esa soat 20.00 da yopiladi va shu sababli unga kechgacha ishlaydiganlar kira olmasdilar. Savdo avtomatlari bu vaziyatdan chiqishning yechimi bo‘lishi kerak.

Avtomat plastik kartalar va naqd pul qabul qiladi. Unda sotiladigan mahsulot do‘kondagi xuddi shunday mahsulotdan o‘rtacha 20 yevrosentga qimmatroq.

Bu avtomat Fransiyadagi birinchi go‘sht mahsulotlari sotuvchi avtomat emas. Uch yil avval shu turdagi avtomat Gara shahrida paydo bo‘lgandi.

Top