Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:56 / 21.03.2016
1746
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Iroqqa IShID bilan kurashish uchun dengiz piyoda askarlarini yubordi
AQSh Iroqqa IShID terrorchilik guruhi jangarilari bilan kurashish uchun dengiz piyoda askarlarini yubordi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
AQShlik harbiylarning ma'lum qilishicha, mintaqaga qo‘shimcha ravishda 26-dengiz bo‘limining askarlari guruhi yuborildi. Askarlar soni ma'lum qilinmagan.
26-dengiz bo‘limi 1970-yillarda tashkil topgan vaqtdan beri ko‘plab, jumladan Fors ko‘rfazi va sobiq Yugoslaviyadagi operatsiyalarda ishtirok etgan.