14:02 / 22.03.2016
1404

Bryusseldagi terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 17 nafarga yetdi

Shifokorlar Bryussel aeroportidagi 2ta portlash tufayli 17 kishi halok bo‘lganini tasdiqlashdi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

Dastlabki xabarlarda terakt qurbonlari soni 10 nafarligi aytilgandi.

Qayd etilishicha, bu hodisa tufayli San-Lyuk shifoxonasiga o‘nlab jarohatlangan kishilar keltirilgan.

Xabarda aytilishicha, portlash kuchi tufayli aeroport terminalining oynavand fasadi qisman vayron bo‘lgan.

Bundan avvalroq, Zaventem aeroporti uchish zalining American Airlines aviakompaniyasi ro‘yxatga olish ustuni yaqinida ikki portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Ayni vaqtda aeroport faoliyati to‘xtatilgan va hudud to‘liq qurshab olingan.

Aeroportga politsiya kuchlari, o‘t o‘chirish va tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.

Top