10:42 / 26.03.2016
1180

Eronda tibbiy vertolyot falokatga uchrashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Eronning janubida joylashgan Fars viloyatida tibbiy vertolyot falokatga uchrashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda IRNA agentligi.

"Vertolyot ekipajining 6 a'zosi, bir nafar tibbiy xodim va uch nafar bemor voqea oqibatida halok bo‘ldi. Falokat mahalliy vaqt bilan 20.30 da sodir bo‘ldi", deb aytdi mahalliy amaldorlardan biri.

Ta'kidlanishicha, vertolyot viloyatda favqulodda vazifalarni bajargan ikkita bir xil vertolyotdan biri bo‘lgan. Falokat sabablari aytilmadi.

Top