Jamiyat | 18:55 / 26.03.2016
3650
1 daqiqa o‘qiladi
Ruhshunoslar: Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik ruhiy tushkunlikni 3 barobar kuchaytiradi
Inson qancha ko‘p vaqtini Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazsa, unda shunchalik ruhiy tushkunlikka tushish ehtimoli ko‘payadi. AQShning Pittsburg universiteti ruhshunoslari 19 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan 1,8 ming amerikaliklarni so‘roq qilib, shunday xulosaga kelishdi.
Ijtimoiy tarmoqlardan muntazam foydalanuvchi yoshlar boshqalarga qaraganda 2,7 barobar ko‘p ruhiy xastaliklarga duchor bo‘ladilar. O‘rta hisobda internet faollari YouTube, Instagram, Snapchat, Reddit i Tumblr kabi saytlarga kuniga 61 daqiqadan sarf qiladilar, shunda ular haftasiga 30 marta ijtimoiy tarmoqlardan foydangan bo‘ladilar. Tadqiqot davomida 25% ishtirokchilarda depressiya belgilari kuzatilgan.