O‘zbekiston | 19:42 / 28.03.2016
2133
1 daqiqa o‘qiladi
Islom Karimov 25 aprel kuni harbiy jo‘natmalar masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga boradi
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov aprel oyi oxirida Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Rossiya moliya vaziri o‘rinbosari Sergey Storchakka asoslangan holda RIA Novosti nashri xabar bergan.
“25-26 aprelda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga tashrifi rejalashtirilgan. Kun tartibiga qo‘yilgan masalalardan biri bu O‘zbekiston qurolli kuchlarini qayta jihozlash masaladir”, — dedi Storchak Federatsiya Kengashi majlisida.
O‘zbekiston qurolli kuchlarini qayta jihozlash maqsadida Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalar yetkazib berish rejalashtirilgan. Ushbu masalani muhokama etish Islom Karimovning Moskvaga safari maqsadlaridan biri bo‘ladi.