09:14 / 28.03.2016
1426

Jazoirda harbiy vertolyot qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Jazoirning janubida harbiylar mingan vertolyot halokatga uchradi va 12 kishi hodisa qurboniga aylandi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

Xabar qilinishicha, yana 2 harbiy jiddiy jarohatlar olgan.

Jazoir Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, bu halokat Reggan shahridan uzoq bo‘lmagan hududda yuz bergan. Vertolyot qulashiga texnik nosozlik sabab ekani aytilgan.

Top