16:02 / 29.03.2016
1523

2015 yili O‘zbekistonda 82 ming uy foydalanishga topshirildi

Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2015 hisobot yilida O‘zbekistonda umumiy maydoni 11663,9 ming kvadrat metr bo‘lgan 82 ming uy yoki 85,7 ming xonadon qurib, foydalanishga topshirilgan. Bu sohada o‘sish 2014 yilga qaraganda 3,2 foizni tashkil etgan. Shundan qishloq joylarda qurib bitkazilgan uylar maydoni 8561,8 ming kv.metrdan iborat bo‘lib, 2,2 foizga o‘sgan.

"Shifoxona, ambulatoriya-poliklinika hamda qishloq vrachlik punktlarini qurish va kapital ta'mirlashga 396,8 mlrd so‘m sarf etilgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasiga kiritilgan jami mablag‘ning 45,4 foizini tashkil etadi", deb xabar qiladi UzDaily.uz

Oliy ta'lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va litseylar qurish hamda ularni rekonstruksiya qilishda 299,6 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan. Bu noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan sarmoyaning 2,1 foizini va ta'lim sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘larning 30,7 foizini tashkil etgan.

Umumiy va maxsus ta'lim maktablarini qurishga esa 265,3 mlrd so‘m sarflangan. Bu ta'lim sohasiga kiritilgan sarmoyalarning 27,2 foizi demakdir.

Top