Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 18:34 / 29.03.2016
2337
1 daqiqa o‘qiladi
Devid Boui sharafiga uyushtirilgan konsertni skaypda jonli efirda ko‘rish imkoniyati yaratildi
31 mart va 1 aprel kunlari Nyu Yorkda Devid Boui xotirasiga bag‘ishlangan shou bo‘lib o‘tadi. Unda Pixies, Blondie, The Flaming Lips, Mumford & Sons guruhlari, shuningdek, Maykl Stayp, Amanda Palmer va boshqalar qatnashadilar.
Internet foydalanuvchilari aprel oyidagi konsert translyatsiyasini xayriya mablag‘i evaziga ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bu ma'lumotni "Devid Boui musiqasi" loyihasi tashkilotchilari ham tasdiqlashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, taklif etilayotgan minimal qiymat 20 dollarga teng miqdorni o‘z ichiga oladi.