JCh-2018 saralash. O‘zbekiston Bahraynni mag‘lub etib, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi
Bugun, 29 mart kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasida O‘zbekiston — Bahrayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning 49 daqiqasida Sardor Rashidov tomonidan urilgan gol yagonaligini saqlab qoldi.
Qayd etish kerakki, Samvel Babayan shogirdlari mazkur uchrashuv oldidan JCh–2018 turnirining 3-saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgandi va bugungi uchrashuvlar guruhda qaysi jamoa birinchi o‘rinni egallashini hal qilardi.
"N" guruhining ikkinchi uchrashuvida KXDR safarda Filippinda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.
Endilikda O‘zbekiston 10 tur o‘yinlaridan keyin 21 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Oxirgi turda 3 ochkoni qo‘lga kiritgan filippinliklar 10 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab, 2019 yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan bo‘lishdi.
JCh–2018 3-saralash bosqichiga 12 aprel kuni qur'a tashlanadi. Unda Osiyoning eng kuchli 12 jamoasi ikki guruhga bo‘lingan holda kurash olib boradi.
O‘zbekiston - Bahrayn 1:0
Gol: Sardor Rashidov 49.
29 mart 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni
O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 2.Yegor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jyeparov(14.Javohir Sohibov 70), 9.Odil Ahmedov, 10.Sardor Rashidov, 11.Igor Sergeyev, 13.Davron Hoshimov, , 19.Vitaliy Denisov (16.Stanislav Andreyev 27), 23.Eldor Shomurodov( 6.Jasur Hasanov 60).
Bahrayn: 1.Abbos Ahmad, 3.Volid Al Hayam, 4.Sayid Dhiya Shubbar, 7.Abdulvahob Ali Al Safi, 8.Hesham Nayyem (20.Sami Al Xusani 74), 9.Abdulvahob Al Malud(14.Abdulla Yusuf Hilol), 11.Ismoil Abdullatif (10.Muhammad Saad Al Romaixi 70), 15.Abdulla Umar, 16.Sayid Muhammad Adnan, 17.Husayin Baba, 19.Komil Hasan Al Asvad.