15:17 / 29.03.2016
1586

Rossiya va O‘zbekiston transport sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo-sotiq vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Dmitriy Kozak va O‘zbekiston moliya vaziri Rustam Azimov qo‘mitalarning iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida transport va tranzit sohasida o‘zaro hamkorlik haqida muzokaralar olib borishdi.

Bundan tashqari, tomonlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash miqdorini oshirish, shuningdek, prezident Islom Karimovning 2014 yilning dekabrida Moskvaga safari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda Markaziy Osiyoda suv-energetik sohasida muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish masalalarini ko‘rib chiqishdi.

Top