23:04 / 29.03.2016
1591

Serxio Batista: "O‘yin durangga mos edi"

O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Serxio Batista ishtirok etdi.

"Bugungi o‘yin durang natijaga mos edi. Jamoamiz 90 daqiqa davomida bahsni nazorat qiladigan darajada o‘ynadi. O‘zbekiston o‘zining juda ham kam imkoniyatidan unumli foydalandi va gol urib g‘alaba qozonib ketdi. Besh daqiqa davomida konsentratsiyani yo‘qotdik va raqib bizni jazoladi. Stadionga kelgan barcha muxlislar chiroyli o‘yin ko‘rishdi", - deydi Batista.

- O‘yinda g‘alaba qozonmoqchimiz degandingiz. Ammo faqat gol o‘tkazgach hujumga o‘tdinglar?
- Birinchi bo‘limda to‘p asosan markazda bo‘ldi. Ikkala jamoa ham bir biriga o‘yin bermadi. Ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborgach hisobni tenglashtirishga urindik. Ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tdik.

- Birinchi bo‘limda shogirdlaringizga sekinroq o‘ynanglar deb ko‘rsatma bergandek tuyuldi. Filippindagi o‘yin natijasini kuzatib bordingizmi?
- Albatta Filippindagi o‘yinni bilganimiz bilan O‘zbekistonga qarshi o‘ynayotgandik. Asosiy e'tiborimiz shu o‘yinga qaratdik. Narigi o‘yinning natijasini ham kuzatib bordik. Biz O‘zbekistonga 3 ochko olish uchun kelgandik, buni o‘yin davomida barcha ko‘rdi. Ikkala jamoa bir biriga teng o‘ynadi. Menimcha durang adolatli natija bo‘lardi.

- O‘zbekistonning o‘yiniga qanday baho berasiz?
- Juda yaxshi jamoa. Texnik tomonlama kuchli futbolchilari bor. Buni bilib tayyorgarlik ko‘rgandik. Ikkala jamoa safida ham yosh futbolchilar ko‘p, shu bois O‘zbekistonning ham, Bahraynning ham kelajagi buyuk.

Manba : championat.asia

Top