14:31 / 30.03.2016
1827

Isroil bosh ravvini mamlakatdan yahudiy bo‘lmaganlarni haydab chiqarishni taklif qildi

Isroil bosh ravvini Itsxak Yosef mamlakat hududidan yahudiy bo‘lmaganlarni (goylar) chiqarib yuborish taklifini bildirdi. Bu haqda The Times of Israel xabar bergan.

Xabar qilinishicha, shanba kungi ibodat vaqtida Yosef yahudiylar qonuniga ko‘ra, Isroil zaminida 7ta taqiqqa rioya qiladigan Noy avlodlarigina yashashi mumkinligini eslatib o‘tgan. Bu qoidalar: butparastlikdan, kufrdan, zinodan, qotillikdan, o‘g‘rilikdan saqlanish, tirik jonivorlarni yemaslik va qonunni hurmat qilish.

Ravvinning fikricha, yahudiy bo‘lmaganlar bu shartlarni bajara olishmaydi va bundaylarni zudlik bilan Saudiya Arabistoniga jo‘natib yuborish kerak.

Bundan tashqari, u Isroilda yahudiylarga xizmat qilish uchun bir qancha yahudiy bo‘lmaganlar qolishi mumkinligini bildirgan.

Bundan oldinroq, Isroil bosh vaziri dindorlar bilan ziddiyatga duch kelgandi. Bunga vazirning o‘g‘li yahudiy bo‘lmagan qiz bilan uchrashayotgani sabab bo‘lgan.

Top