11:49 / 31.03.2016
1473

88 yoshli qariya 50 yil avval sodir etgan jinoyati uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Ruminiya kommunistik lagerining 88 yoshli sobiq rahbari yarim asr avval insoniyatga qarshi qilgan ishi uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U lagerda vafot etgan kamida 103 mahbusning o‘limida ayblandi.

Ruminiya janubi-sharqidagi Periprava lagerining 1958-1963 yillar mobaynidagi rahbari Ioan Fikior mahbuslarga nisbatan insoniylik doirasidan chiquvchi jinoyatlarni sodir etganligi uchun hibsga olingandi.

Kamida 103 mahbus lagerda halok bo‘lgan, shuning uchun u boshchilik qilgan payt mamalakatdagi eng murakkab davr hisoblanadi.

Prokurorlar uni 25 yilga ozodlikdan mahkum qilishni talab qilishgandi.

Sudda Fikior doim mamalakat oldidagi harbiy burchini ado etib kelganini hamda qo‘lidan kelganicha mahbuslarni yegulik va tibbiyot vositalari bilan ta'minlaganini ta'kidladi.

Uning advokati Simona Chiti hukmni bekor qilish mumkinligini bildirdi. Fikior ishi ko‘rib chiqilish chog‘ida uning o‘zi qatnashmagan.

Fikior insoniyatga qarshi chiqishda ayblanib, hibsga olingan ikkinchi lager rahbaridir. O‘tgan yili Aleksandr Visineskuga ham xuddi shunday ayblovlar qo‘yilgan edi. Visinesku 1956-1963 yillar mobaynida boshchilik qilgan Ramniku Sarat qamoqxonasida shafqatsiz rejim o‘rnatgani uchun jazoga hukm qilingan. Uning faoliyati davrida 14 kishi vafot etgan.

Ruminiyada 600 mingga yaqin kishi 1945-1989 yillar mobaynidagi siyosiy omillar qurboni bo‘lib ozodlikdan mahrum etilgan.

Eng shafqatsiz chorlarning qo‘llanilishi 1950-yillarga to‘g‘ri keladi.

Top