18:50 / 31.03.2016
1297

Forbes: 2015 yilda Poroshenkoning boyligi 100 mln dollarga ko‘paygan

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko boyligini o‘tgan bir yil mobaynida, 750 mln dollardan 858 mln dollarga ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lgan. Forbes jurnalining Ukrainadagi nashri o‘z hisob-kitoblariga ko‘ra shunday ma'lumot tarqatdi.

Aytish joizki, Ukraina prezidenti saylovoldi kampaniyasida bergan va'dasini qisman bajardi, ya'ni Roshen korporatsiyasi boshqaruvini ishonchnoma vositasida boshqa firma ixtiyoriga topshirdi. Biroq, bu uning yagona aktivlari emas. Poroshenko hozir ham, Xalqaro investitsiya banki xo‘jayini hisoblanadi. U «Ukrprominvest-Agro» xoldingida ham daromad manbaiga ega.

Forbes jurnalining qayd etishicha, prezidentning shuningdek, kraxmal ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, kemasozlik va mashinasozlik sohalarida ham aksiyalari bor. Shu bilan birga, multimillionerning milliy va mintaqaviy teleradiokompaniyalari ham bor.

Avvalroq, Poroshenko banki aktivlari bir yil ichida 3,7 marta oshgani xabar qilingan edi.

Top