07:31 / 31.03.2016
1326

Pentagon Guantanamodagi bir necha mahbusning boshqa davlatlarga berilishini ma'lum qildi

AQSh mudofaa vazirligi kongressni Guantanamo turmasida saqlanuvchi bir necha mahbusning boshqa davlatlarga berilishidan xabardor qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Mahbuslar kamida ikki davlatga berilishi rejalashtirilmoqda, ulardan bir qismi yaqin kunlarda, qolgan qismi esa yaqin haftalarda bu davlatlarga yuboriladi.   

Avvalroq Barak Obama kongressni Kubadagi Guantanamo turmasini yopish bo‘yicha rejani qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi. 

Obamaning aytishicha, u Guantanamoning yopilishi masalasini o‘zidan keyingi prezidentga qoldirishni istamaydi.

Top