09:25 / 01.04.2016
1508

Sony Pictures 70 xodimini bittagina chat-bot bilan almashtira oldi

Sony Pictures kompaniyasi 70 nafar operatorini bittagina chat-bot bilan almashtira oldi. Bu haqda Msg.ai botlar servisi yaratuvchisi Punit Mextaga iqtibos keltirgan holda Business Insider nashri xabar bermoqda.

Mextaning aytishicha, Disney sun'iy ong texnologiyasiga asoslangan botlardan o‘zining muxlislariga film qahramonlari bilan suhbatlashish imkoniyatini berishda ham foydalanadi.

Mextaning aytishicha, bunday botlar odamlarni uzukun davom etuvchi mehnatdan ozod qiladi, biroq ularning o‘rnini bosa olmaydi. Ular asosan mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xizmatlarni bajaradi. Agarda so‘rov bot uchun juda murakkablik qilsa, suhbatga odam aralashib, foydalanuvchining savoliga aniq javob bera olishi mumkin.

Avvalroq Microsoft Build 2016 dasturi taqdimotida Skype bo‘yicha suhbatlashish uchun videobotlar namoyish qilindi.

Top