10:30 / 05.04.2016
1406

«Chelsi» Konte uchun Italiya A seriyasidan futbolchilar olib kelishni boshlaydi

«Roma» jamoasi yarimhimoyachisi Miralem Pyanich bugun Londonga yo‘l oldi.

26 yoshli bosniyalik xavbek «Chelsi» rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishga otlangan. Hozircha bu futbolchining londonliklar jamoasiga o‘tishi bo‘yicha boshqa ma'lumotlar berilmagan.

«Chelsi» 4 aprel kuni Antonio Konteni jamoaning yangi mavsumdagi bosh murabbiyi bo‘lishi haqida ma'lum qildi.

Bundan oldinroq, Konte «Chelsi»ga Pyanichni tavsiya qilgani haqida xabar berilgandi.

Top