20:48 / 05.04.2016
1507

Petergofdagi favvora 217 yil ichida birinchi marta restavratsiya qilindi

Sankt-Peterburgdagi "Petergof" muzey-qo‘riqhonasidagi mashhur "Neptun" favvorasi 217 yil ichida birinchi marta restavratsiya qilindi. Bu haqda "Peterburgskiy avangard" nashri xabar bermoqda.

"Neptun"ning restavratsiyasi 2015 yil yanvarda boshlangandi. Bu restavratsiya favvora 1799 yilda Petergofda o‘rnatilgandan beri birinchi katta ko‘lamdagi restavratsiya bo‘ldi.

Favvora ifloslardan tozalandi, yoriqlar, darz ketishlar, metall darzlari va dfermatsiyalanishlar bartaraf etildi. Bundan tashqari, markaziy "Gerbli qalqon"dagi yo‘qolib ketgan ikkiboshli rus burgutlari shakllarini tiklashga muvaffaq bo‘lindi.

Favvora joylashgan hovuzda uning tubining sopol ekrani tiklandi, 30 tadan ko‘proq shakl va bezak detallaridan iborat yer osti kollektori rekonstruksiya qilindi.

"Neptun"ni imperator Pavel I xarid qilib olgan. Bu Petergofdagi eng qadimiy favvoralardan hisoblanadi. U 30 tadan ko‘proq shakl va bezak detallaridan iborat.

Top