Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya Vardining qiziga qilingan tahdid bo‘yicha surishtiruv boshladi
Lestershir grafligi politsiyasi «Lester» hujumchisi Jyeymi Vardining 1 yoshli qiziga qilingan tahdid bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan.
Futbolchining rafiqasi Bekki Nikolson Angliya chempionati doirasidagi «Lester» — «Sauthempton» uchrashuvi oldidan o‘z tvitteriga qizchasining «tulkilar» formasida tushgan suratini joylashtirgan.
Shundan so‘ng internet foydalanuvchilari bu surat ostida turli haqoratli va tahdidli fikrlar yoza boshlashgan.
Vardi bu holatga nisbatan munosabat bildirgan va bu jirkanch ishdan shokka tushganini ifodalagan.
Shocking and vile pic.twitter.com/7yGKNythSo
— Jamie Vardy (@vardy7) 3 aprelya 2016 g.