16:49 / 08.04.2016
1552

Hindistonda Maykl Jyeksonning uch metrli haykali ochilishi bo‘lib o‘tdi

Hindistonning Chennay shahrida amerikalik qo‘shiqchi Maykl Jyeksonning uch metrli haykali ochilishi bo‘lib o‘tdi. San'atkorning muxlisi Chandrasekaram qora granit bo‘lagidan sevimli qo‘shiqchisining haykaliga buyurtma berdi, uning ustida olti nafar haykaltarosh ishladi.

Ashaddiy muxlisning so‘zlariga ko‘ra, u haykalni AQShdagi Neverland ranchosi hududiga o‘rnatishlari uchun Jyeksonlar oilasiga yubormoqchi bo‘lgan, ammo niyatini amalga oshira olmadi.

Marosim ochilishida aktyor Prabhu Deva ishtirok etdi. U Hindistonda o‘zining raqslari bilan tanilgan, uning bu qiziqishiga Jyeksonning raqs usuli turtki bo‘lgan.

Haykalning og‘irligi - 3,5 tonna. Chandrasekaramning ma'lum qilishicha, haykaltaroshlar Jyeksonning Beat It klipini ko‘p marotaba ko‘rishgan, shuningdek uning minglab suratlarini o‘rganib chiqishgan.

Top