11:40 / 08.04.2016
4148

Kinoijodkorlar ishtirokida Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan joriy yilning 3 aprel kuni milliy kinematografiya san'atining ravnaqiga hissa qo‘shgan kinoijodkolarga alohida hurmat va e'tibor ko‘rsatilib, dasturxon yozildi, doshqozonlarda sumalak va palov tayyorlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tantanali tadbir “O‘zbekfilm” kinostudiyasida joylashgan “Zamin” restoranida tashkil etilib, unda 320 nafar kinorejissyor, operator, rassom, ovoz rejissyori, aktyor, montajchi, kinoshunos kabi sohaning fidoiy va zahmatkash xodimlari ishtirok etdi.

Bayram tadbirida 60 nafar keksa kinoijodkorga zamonaviy “Artel” televizorlari sovg‘a qilindi. O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston san'at arbobi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, rejissyor Shuhrat Abbosovga suratga olgan filmlari asosida tayyorlangan maxsus kartina topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Abdurashid Yo‘ldoshev, Ziyoda Qobilova kabi bir qator estrada xonandalari, raqs va karnay-surnay guruhlari kinematografchilarni bayram bilan tabriklashdi.

Top