13:53 / 08.04.2016
3415

Nozim To‘laxo‘jayev shahzoda Charlz uning multfilmini sotib olganini gapirib berdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nozim To‘laxo‘jayev “Darakchi” nashriga bergan intervyusida ijod yo‘li haqida gapirib o‘tdi.

“1983 yili rossiyalik mulplikator, rejissyor, “Vinni-Pux” multfilmi asoschisi Fyodor Xitruk bilan uchrashib qolganmiz. “Unga “Mustaqil ish qilmoqchiman!” deganman, aslida bunga tayyor emasdim. Doimgi “Yo‘q!” degan javobni eshitaman, degan xayolda edim-da”, deb hikoya qiladi san'atkor. 

Kutilmaganda “Mayli, qaysi asarni suratga olmoqchisan?” deganida shoshib qolib, “Rey Bredbrining “Yoqimli yomg‘ir yog‘adi”sini, deganman va shu asar asosida ssenariy yozdim, ma'qullandi. Mazkur multfilmim Germaniya, Ispaniya kabi davlatlarda namoyish etilib, qator sovrinlar bilan mukofotlangan”.

Aktyorning aytishicha, o‘sha vaqtda Londondan kelgan shahzoda Charlz ularni qabuliga chaqirgan. Tarjimon shahzodaga san'atkorni tanishtirganida, multfilm haqida unga iliq fikrlar bildirib, “2 yil London televideniyesida namoyish etilishi uchun multfilmingni sotib oldim”, deb aytgan.

Top