14:29 / 09.04.2016
1311

Xitoyda tovlamachilarga 5,4 mingdan ortiq pul o‘tkazmalari amalga oshirilgani politsiya tomonidan aniqlandi

Xitoy huquqni himoya qilish organlari joriy yilning martidan boshlab tovlamachilarga aldangan kishilardan 5,4 mingdan ortiq pul o‘tkazmalari amalga oshirilganini fosh qilishdi. Bu haqida “Sinxua” agentligi xabar berdi.

XXR ijtimoiy xavfsizlik vazirligi 2016 yilning 3 martidan boshlab tovlamachilik haqidagi xabarlarga tez javob beruvchi maxsus tarmoqni ishga tushirdi. Bu tarmoq arz xati kelib tushganidan so‘ng yarim soat ichida aldov qurbonining bank hisobidagi ma'lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Shundan so‘ng maxsus boshqarma tovlamachilar hisobiga o‘tkazilgan pul vositalarini qaytarish uchun banklar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Boshqarma ma'lumotiga ko‘ra, telekommunikatsion kanallardan (internet, SMS-xabarlar, telefon qo‘ng‘iroqlari) foydalanuvchi tovlamachilik sxemalari XXRda ko‘payib bormoqda.

Top