21:08 / 10.04.2016
1332

Nagasaki meri Obamani atom bombalaridan aziyat chekkan shaharlarga tashrif buyurishga taklif qildi

Yaponiyaning Nagasaki meri Tomixisa Taue AQSh prezidenti Barak Obamani atom bombalaridan aziyat chekkan shaharlarga tashrif buyurishga taklif qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

"Bu yetakchining atom bombardimonlaridan aziyat chekkan shaharlarga tashrif buyurishi muhimdir", deb aytdi Taue.

10 aprelda Xirosimada "katta yettilik"ka (G7) kiruvchi davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi boshlandi. Bu uchrashuvda ishtirok etuvchi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarining AQSh tomonidan bombardimon qilinishidan keyin Xirosimaga tashrif buyuruvchi AQSh Davlat departamentining birinchi vakili bo‘ladi.

1945 yil 6 avgustda AQShning B-29 samolyotidan Yaponiyaning Xirosima shahriga 13-18 kilotonna trotil ekvivalentiga teng atom bombasi tashlangan. Shundan 3 kun o‘tib, 9 avgustda 21 kilotonna trotil ekvivalentiga teng atom bombasi Nagasakiga tashlangan. Bu bombardimonlar oqibatida Xirosimada 166 minggacha, Nagasakida esa 80 minggacha odam halok bo‘lgan. Bu bombardimonlarning salbiy oqibati bu hududlarda bir necha o‘n yillar davomida sezilib turgan.

Top