09:47 / 10.04.2016
1801

Tojikiston elchixonasi Rossiya tashqi ishlar vazirligiga metrodagi tajovuz sababli arznoma yubormoqchi

Tojikistonning Moskvadagi elchixonasi o‘z fuqarosiga Moskva metrosida tajovuz qilinishini haqqoniy tergov qilishda yordam berish iltimosi bilan Rossiya tashqi ishlar vazirligiga arznoma yubormoqchi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.

Avvalroq metro poyezdi "Kalujskaya" stansiyasiga tomon harakatlanayotganda vagonda ikki yo‘lovchi bahslashib qolgani, oqibatda 60 yoshli moskvalik ikkinchi yo‘lovchining boshiga travmatik to‘pponchadan ikki marta o‘q uzgani ma'lum qilingandi. Qonunbuzar voqea joyidan qochib ketgan, biroq keyinroq qo‘lga olingan.
Boshidan jarohat olgan yo‘lovchi shahardagi 1-sonli shifoxonaga yetkazilgan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, u tojikistonlik Sulaymon Saidov ismli muhojir bo‘lgan.

"Hozirda elchixona Rossiya tashqi ishlar vazirligiga bu jinoiy ishni tergov qilish masalasida, uning haqqoniy ko‘rib chiqilishini so‘rab arznoma yubormoqchi", deyildi Tojikiston elchixonasida.

Top