07:31 / 11.04.2016
1292

San-Frantsiskoda keksa erkak avtobusda joy uchun bahsda yurak xurujidan vafot etdi

San-Frantsiskoda keksa erkak avtobusda joy uchun bahsda yurak xurujidan vafot etdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Politsiyaning ta'kidlashicha, u yerda 75 yoshli erkakning to‘satdan vafot etishi va unga hujum qilinishi mumkinligi holati tergov qilinmoqda. 

Politsiya zobiti Jizel Talkofning aytishicha, erkak 53 yoshli ayol bilan avtobusda bo‘sh o‘rndiqqa o‘tirish uchun tortishuvdan bir necha daqiqa o‘tib vafot etgan. Ayni vaqtda bu ish bo‘yicha hech kim hibsga olinmagan.

Top