18:48 / 12.04.2016
1616

Frantsuz nonvoyi o‘z biznesini 1 yevroga sotib yubordi

Fransiyaning Dol shahrida yashovchi nonvoy o‘z nonvoyxonasini mahalliy uysiz daydiga ramziy ma'noda 1 yevroga sotib yubordi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

2015 yilning dekabrida Mishel Flaman is gazidan halok bo‘lishiga bir bahya qoldi. O‘shanda unga mahalliy daydi Jyerom Okan yordam bergan edi. Jabrdiydaning aytishicha, gaz non pechi bilan bog‘liq nosozlik tufayli sizib chiqqan.

Tadbirkor shifoxonadan chiqqach, uysizni yaxshilikka javob tariqasida ishga qabul qildi. Nonvoyning gaplariga ko‘ra, Okan o‘z ishini tezda va puxta egallab olgan. Ana shundan keyin ustoz o‘z shogirdiga biznesini sotishga qaror qilgan.

“Meni pul emas erkinlik qiziqtiradi. Men dam olishni, o‘zimni, qolaversa, Jyeromni baxtli etishni istayman”, — dedi nonvoy.

Top