Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda kompaniya rahbari emaklash orqali o‘z xodimlarini ish samaradorligini oshirishga undadi
Internetda Xitoyning avtomobillarni ijaraga beruvchi kompaniyasi xodimlari to‘rt oyoqlagancha qizil bayroq ko‘targan erkak ortidan emaklashgani videosi paydo bo‘ldi. Rolik Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan, 7 aprelda esa YouTube’da paydo bo‘lgan.
Mashable’ning vaziyatga oydinlik kiritishicha, emaklashni kompaniya rahbari boshlab bergan. Uning fikricha, bu sotuvni ko‘tarib, ishchi-xodimlarni ishlariga nisbatan salohiyatlarini oshirishga yordam beradi. Xodimlar rahbarlarini o‘zini yakkalatmagan holda unga qo‘shilishadi va ular 200 metrgacha yurib borishadi.