15:35 / 13.04.2016
1984

Olimlar matematiklar va gumanitarlar ongidagi tafovutni aniqlashdi

Fransiyalik bir guruh ilmiy mutaxassislar matematikaga moyilligi bor odam ongi bilan gumanitar fanlarga moyilligi ko‘proq insonlarning ongidagi asosiy farqlarni topishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘zlarining kashfiyotlari haqida olimlar Proceedings of the National Academy of Sciences sahifalarida chop etilgan maqolada to‘liq ma'lumot berishgan.

Tadqiqot uchun mutaxassislar 30 kishidan iborat guruhni taklif qilishdi. Nazorat ishtirokchilari ikkita kichik guruhlarga ajratildi. Birinchi guruhga matematika mutaxassislari, ikkinchi guruhga bir xil bilim darajasiga ega bo‘lgan turli kasb vakillari kiritilgan. Nazorat qatnashchilariga murakkab matematik vazifani ko‘rib chiqish berilgan, uni haqiqat, haqiqat emas va bema'niga ajratish kerak bo‘lgan.

Tajriba jarayonida olimlar nazoratdagilarning miyasini maxsus apparatlar yordamida kuzatishgan. Matematiklar matematik masala yechayotganida, miyaning muayyan bir qismi faollashgan. Gumanitarlarda esa aynan miyaning aynan shu qismi boshqa vazifalarni bajarishda faollashgan.

Top