Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Qashqadaryoda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Joriy yilning may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan saylovda viloyat bo‘yicha 660 nafar rais va ularning 6 mingdan ziyod maslahatchisi saylanishi rejalashtirilgan.
— Mahallamizning besh faolidan iborat ishchi guruhi tuzildi, – deydi Qarshi shahridagi «Darvozatutak» mahalla fuqarolar yig‘inining ishchi guruhi raisi Obidjon Eshonqulov. – O‘tgan saylovdan so‘ng mahallalarda erishilgan muvaffaqiyatlar fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilarining ishchanlik, tashabbuskorlik fazilatlari nechog‘li muhim ahamiyatga ega ekanini yaqqol tasdiqladi. Guruh a'zolari nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlashga qonunda belgilangan talablar asosida yondashmoqda. Ushbu muhim jarayonga xotin-qizlar, yoshlarni keng jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026