08:35 / 15.04.2016
1973

Yevropa Ligasi yarim finalida o‘ynaydigan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi

14 aprel oqshomida Yevropa ligasining chorak finalida javob uchrashuvlari o‘tkazildi.

"Liverpul" "Borussiya"ga qarshi uchrashuvda qahramonlik ko‘rsatib, g‘alabaga erishgan bo‘lsa, yana bir shiddatli bahs Ispaniyada o‘tkazildi.

"Liverpul" qo‘shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga "Borussiya"ni 4:3 hisobida yengib yarimfinalga chiqdi.

Sevilya – Atletik
"Sevilya" - "Atletik" o‘rtasidagi javob uchrashuvining asosiy vaqti 1:2 hisobida mehmonlar g‘alabalar bilan tugadi. Birinchi uchrashuvda "Sevilya" safardan shu hisobdagi g‘alaba bilan qaytgandi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda hisob o‘zgarmagach, jamoalar penaltilar seriyasiga kirishishdi. Futboldagi omad lotereyasida Unay Emeri shogirdlari omadliroq chiqishdi va turnir yarimfinali yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Sevilya (Ispaniya) – Atletik (Ispaniya) 1:2 (penalti)
Gollar: 0:1 – 57 Aduris, 1:1 – 59 Gameyro, 1:2 – 80 Raul Garsiya.
Sevilya – Soriya, Rami, Eskudero, Mariano (Koke, 100), Kolodzeychak, Nzonzi, Kryxovyak, Iborra (Kristoforo, 67), Vitolo, Kron-Deli (Konoplyanka, 51), Gameyro.
Atletik – Yago Errerin, Inigo Lekue (Muniain, 54), San Xose, Echeyta, De Markos, Raul Garsiya, Benyat, Balensiaga, Susayeta, Boveda (Iturraspe, 60), Aduris (Vigera, 70).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.

Sparta – Vilyarreal
"Vilyarreal" Pragada "Sparta" mehmoni bo‘lib 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va yarimfinal yo‘llanmasini naq qildi. Birinchi uchrashuvda ham ispanlar 2:1 hisobida zafar quchishgandi.

Sparta (Chexiya) – Vilyarreal (Ispaniya) – 2:4
Gollar: 0:1 – 5 Bakambu, 0:2 – 43 Kastilexo, 0:3 – 45 Soriano, 0:4 – 49 Bakambu, 1:4 – 65 Dochkal, 2:4 – 71 Kreychi.
Sparta Praga – Bichik, Fridek, Konate, Kovach, Mateyovski, Marechek, Kreychi, Dochkal, Lafata, Yulish, Fatai.
Vilyarreal – Areolya, Rukavina, Bayi, Ruis, Mario Gaspar (Kosta, 57), Suares (Baptistao, 66), Kastilexo, Trigeros (Dos Santos, 61), Soriano, Soldado, Bakambu.
Ogohlantirishlar: Kreychi (28), Soldado (35), Fridek (41), Yulish (60), Kovach (63), Konate (77), Kastilexo (78), Lafata (90).

Shaxtyor D – Braga
Yevropa ligasining 1/4 finali javob uchrashuvlaridan yana birida Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasi Portugaliya vakili "Braga"ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qayd etdi va yarimfinalga yo‘l oldi. Portugaliyada kechgan birinchi uchrashuvda ham ukrainaliklar 2:1 hisobida g‘alaba bilan qaytishgandi.

Shaxtyor D (Donetsk, Ukraina) – Braga (Braga, Portugaliya) – 4:0
Gollar: 1:0 – 25, penalti Srna, 2:0 – 42, avtogol Rikardu Ferreyra, 3:0 – 50 Kovalenko, 4:0 – 73, avtogol Rikardu Ferreyra.
Shaxtyor – Pyatov, Ordets, Kucher, Srna, Ismaili, Stepanenko, Malishev, Marlos (Eduardo, 77), Kovalenko (Bernard, 86), Tayson (Dentino, 78), Ferreyra.
Braga – Mateus, Rikardu Ferreyra, Marselo Goyyano, Boli (Ande Pintu, 78), Djavan, Jozue, Vukchevich, Luis Karlos (Mauro, 78), Rafa Silva, Eduardu (Stoilkovich, 57), Ahmad Xassan.
Ogohlantirishlar: Boli (15), Mateus (24), Luis Karlos (55)

Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi yarimfinaliga qur'a tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:30da Non shahrida boshlanadi.

Soat 15:30dan boshlab Yevropa ligasi yarimfinali qur'a tashlanadi. Turnir finali 18 may kuni Bazel shahridagi "Sankt-Yakob Park" stadionida o‘tishi belgilangan.

Top