Jahon | 14:35 / 15.04.2016
1916
1 daqiqa o‘qiladi
Kerri: AQSh esminetsi Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirishga haqli edi
Jangovar harakatlar qoidalariga muvofiq, AQSh harbiy dengiz kuchlari esminetsi, Rossiyaning Su-24 samolyotining juda yaqin kelganiga javoban o‘t ochishga haqli bo‘lgan. AQSh davlat kotibi Jon Kerri mazkur voqea yuzasidan o‘z qarashini shunday bayon etgan. Bu haqda, Associated Press axborot agentligi xabar qilmoqda.
«Bu ahmoqona, xavfli va fitnali harakatdir. Harbiy harakatlar qoidalariga muvofiq rus samolyoti urib tushirilishi mumkin edi», — deb bayonot bergan Jon Kerri.
Uning qayd etishicha, Amerika rahbariyati bu kabi harakatlarni qoralaydi.
Bundan avval, AQSh davlat kotibi rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Su-24ning AQSh esminetsiga yaqinlashgani bilan bog‘liq vaziyatni muhokama etishi xabar qilingan edi.