09:19 / 15.04.2016
1431

Yurgen Klopp: «Bu o‘yinni ko‘rgan istalgan muxlis «Okey, futbol – juda zo‘r o‘yin» deb yuboradi»

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:1, 4:3) Yevropa Ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Nima bo‘lganini tushuntirib berish qiyin. Bu «Enfild»dagi qoyilmaqom kecha bo‘ldi. To‘g‘risi bu qandaydir dahshatli o‘yin edi.

Starrij va Allenni maydonga tashlayotganda, ularga dedim: «Xarakter ko‘rsatishimiz kerak». Agar yutqazib, turnirni tark etganimizda ham men xafa bo‘lmasdim. Ammo biz shunchaki chiqib keta olmasdik, mardonavor o‘yin ko‘rsatishimiz kerak edi va biz undan ham ortiqroq ishni bajardik.

Bu Yevropa futbolining eng yaxshi namunalaridan biri bo‘ldi. Haligacha shogirdlarim ko‘rsatgan o‘yinga ishonishim qiyin bo‘lmoqda. Yigitlarni tabriklayman.

Tanaffus vaqtida xursand emasdik, ammo biz yo‘lni davom ettirishga qaror qildik.

Bu o‘yinni ko‘rgan dortmundlik muxlislar yoki «Liverpul»ga ishqibozlik qilmaydigan boshqa istalgan muxlis aytishi mumkin: «Okey, futbol – juda zo‘r o‘yin».

Hozir o‘ng qo‘lim og‘riyapti, nima bo‘lganini bilmayman, kimdir urgandir. Bu unutilmas kecha bo‘ldi.

Biz haqiqiy shaytonlar kabi kurash olib bordik – balki, bizning omadimiz kelgandir, ammo biz g‘alabaga haqli edik», – deydi Klopp BT Sport efirida.

Top