08:52 / 16.04.2016
1374

Pokiston bosh vaziri Kemeron va as-Sisiydan keyin eBay internet-auksionida sotuvga qo‘yildi

Noma'lum shaxslar eBay internet-auksionida Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifni sotuvga qo‘ydilar, deb xabar bermoqda Mashable nashri.

Lotning ta'rifida u ishlab chiqarish nuqsonlari sababli "yangi, biroq nuqsonlari borligi", "yaroqsiz holda va hech qachon ishchi holatda bo‘lmagani" aytilgan. Sayt foydalanuvchilari 100 dan ortiq stavka qilib, lot veb-saytning britan versiyasidan o‘chirilib tashlanmaguncha uning narxini 92 ming dollargacha ko‘tarishgan.

Ta'kidlanishicha, Sharifning sotuvga qo‘yishga urinish "Panama hujjatlari"ning chop etilishi bilan bog‘langan. Bu hujjatlarda bosh vazir oilasi bilan ofshor tuzilmalar o‘rtasida aloqa borligi ko‘rsatilgan.

Bungacha eBay’da Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron va Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy ham sotuvga qo‘yilgandi.

Top