06:57 / 16.04.2016
1334

Turkiyaning Mardin viloyatida portlash sodir etildi

15 aprelda Turkiyaning janubi-sharqidagi Mardin viloyatida portlash sodir etildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, portlash oqibatida turk armiyasining 4 nafar askari halok bo‘ldi, yana 2 nafar harbiy yaralangan.

Turkiya hukumat xavfsizlik kuchlaridagi manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, bomba harbiy transport vositasining yonida portlatilgan.

Asosan kurdlar yashaydigan bu hududga o‘tgan yili o‘t ochishni to‘xtatish tartibi bekor qilingandan keyin, turk harbiylari va Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davomida jiddiy zarar yetgan.  

12 aprelda ham shu viloyatda portlash sodir etilgandi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Efkan Ala Turkiyaning janubi-sharqidagi bir qator hududlarda uzukun komendant soati kiritilganini ma'lum qildi. Ayni vaqtda Kurdiston ishchi partiyasi a'zolariga qarshi aksilterrorchilik operatsiyasi Xakkari viloyatining Yuksak, Shirnak viloyatining Shirnak va Silopi hamda Mardin viloyatining Nusaybin shaharlarida olib borilmoqda.    

Top