Jahon | 09:48 / 16.04.2016
1360
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada zilziladan keyin vulqon harakatga keldi

O‘tgan 2 kun ichida Yaponiyaning Kyusyu orolida yuz bergan ikkita kuchli zilzila oqibatida ko‘plab talofatlar ko‘rildi. 10 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi, minglab odamlar jarohat oldi. Biroq ko‘rguliklar shu bilan to‘xtamadi: mutaxassislar 16 aprel ertalabki vaqt Kumamoto prefekturasida Aso vulqoni otila boshlaganini qayd qilishdi.

Yapon OAV ma'lumotlariga ko‘ra, vulqon otilishi katta bo‘lmagan. Unga 5 darajalik tizim bo‘yicha 2-xavf darajasi berildi. Aso vulqoni havoga 100 metr balandlikdagi kul va tutun ustunini otgan. Bu holat hududdagi aviaaloqaga ta'sir qilmagan.

Mutaxassislar vulqon otilishi va zilzilalar o‘rtasida aloqa borligini inkor qilishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish