Jahon | 14:45 / 18.04.2016
1823
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda suv toshqini tufayli 30dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Keyingi kunlarda Afg‘onistonning shimoliy qismida yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli yuz bergan suv toshqinlari kamida 31 kishini hayotdan olib ketgan. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslangan holda Hama Press xabar tarqatgan.

18 aprelga o‘tar kechasi Bog‘lon, Tohar, Bog‘dis va boshqa shimoliy hududlarda suv toshqinlari ro‘y bergan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar Daykundi viloyati bilan mamlakatning markaziy qismini bog‘lovchi yo‘ldagi transport qatnovini to‘xtatib qo‘ygan.

Xabarda bedarak yo‘qolganlar ham borligi, lekin ularning aniq miqdori ma'lum emasligi aytilgan.