Fan-texnika | 21:37 / 18.04.2016
2176
1 daqiqa o‘qiladi

Android-viruslarning soni 40 foizga ortdi

Android mobil OT uchun viruslarning umumiy soni o‘tgan yilga nisbatan 40 foizdan oshdi. Bu haqida Semantec kompaniyasi tarmog‘ining tahdidlar bo‘yicha yillik hisobotida xabar berildi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2015 yilda viruslar bilan 14 mingga yaqin Android-qurilmalar zararlanganligi qayd etilgan. iOS-qurilmalari bilan taqqoslansa, ularda viruslar sonining ortishi bor-yo‘g‘i 9 foizni tashkil etadi. Mutaxassislarning fikricha, Google operatsion tizimi dunyodagi ko‘plab viruslarga sababchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, mutaxassislar nolli kun zaifligining soni ham o‘sayotgani haqida xabar berishdi. Ularning soni 2014 yil bilan qiyoslaganda 125 foizga (54ta zaiflik) ortgan. Ularning ko‘pchiligi Internet Explorer va Adobe Flash Player’da keng tarqalgan. Bundan tashqari, eng ko‘p tarqalgan 5ta zaiflikning 4tasi aynan Flash Player’da topilgan.