07:24 / 18.04.2016
2109

La Liga, 33-tur. «Barselona» «Valensiya»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi

«Barselona» Ispaniya chempionati 33-turida «Valensiya»ni qabul qildi. «Kamp Nou»da kataloniyaliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu jamoaning turnirda qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatiga aylandi.

Birinchi bo‘lim yarmida avtogol yuz berdi— to‘p Ivan Rakitich oyog‘idan «Barselona» darvozasiga borib tushdi. Jamoalar tanaffusga chiqishi arafasida mehmonlar vakili Santyago Lorenso ikkinchi golni urib, o‘z jamoasining ustunligini mustahkamladi. 63-daqiqada Lionel Messi bir gol bilan javob qaytardi. Bu uning professional faoliyatidagi 500-goli bo‘ldi.

33 turdan keyin «Barselona» (76 ochko) turnir jadvalida birinchi o‘rinda qolmoqda, jamoa ochkolari soni «Atletiko» bilan teng bo‘lsada qo‘shimcha ko‘rsatkichlar nisbatan yaxshiroq. «Valensiya» esa (40 ochko) 11-o‘rinda joylashgan.

Ispaniya La ligasi, 33-tur
Barselona (Barselona) – Valensiya (Valensiya) – 1:2
Gollar: 0:1 – 26, avtogol Rakitich, 0:2 – 45 Santi Mina, 1:2 – 63 Messi.
Barselona – Bravo, Suares, Pike, Alba, Maskerano, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets, Inesta, Neymar, Messi.
Valensiya – Diyego Alves, Abdennur, Sikeyra, Barragan, Mustafi, Parexo, Xavi Fuego, Andre Gomesh, Peres (Joau Kanselu, 74), Rodrigo (Gayya, 88), Santi Mina (Pako Alkaser, 60).
Ogohlantirishlar: Barragan (15), Pike (35), Suares (40), Parexo (51), Andre Gomesh (68), Neymar (86).

Top