Nafs yo‘lida o‘zlashtirilgan millionlar...
Fuqaro 1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Zuhriddin Murodov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan)o‘zining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun o‘z mansab vakolatidan foydalangan holda 2000 yilda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning ayrim bandlariga zid ravishda bir nechta ma'suliyati cheklangan jamiyat rahbarlari bilan jinoiy til biriktirgan holatda, jamiyat qurilish mollari va jihozlash uskunalarini sotib olish ishlari uchun hech qanday tegishli smeta hujjatlarisiz 2013 yilning 3 iyul kunida 36 oy muddatga, 12 oy imtiyozli davr bilan yillik 15 foiz ustama haq to‘lash sharti asosida 300000000 so‘mlik kredit mablag‘lari ajratish to‘g‘risidagi kredit shartnomasini imzolaydi, deb yozadi “Ogoh” nashri.
Soxtalashtirilgan hujjatlarga asosan ajratilgan uch yuz million so‘mning 7200000 so‘mi shlakoblok g‘ishtlari uchun shu yilning o‘n ikkinchi iyul sanasi bilan “Zarafshon qurilish servis” MChJga, 70898000 so‘mi alyumin rom va vitrajlar uchun ham xuddi shu sana va unga qo‘shimcha qilib yigirma beshinchi iyul sanasi bilan ham ikki marotabalik hisob fakturasi bilan “Turon Kafolat Plast” xususiy korxonasiga o‘tkazilganligi haqida hujjat soxtalashtirildi.
Bundan tashqari, ajratilgan kredit mablag‘laridan yana 21200000 so‘mni yuqoridagi sana bilan sement mahsulotlari uchun “Noyan Plus” MChJga, 28490000 so‘mni esa shu sana bilan “profnastil” tom yopish moslamalari olish uchun “Bashiyan S.G.” xususiy korxonasiga, 6 300 000 so‘mi esa shu yilning o‘n yettinchi iyul sanasidagi hisob fakturasi bilan, g‘isht mahsulotlari uchun, “Yalang‘och g‘isht zavodi” MChJga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar rasmiylashtirildi. Bu ham yetmaganidek, yuqorida ko‘rsatilgan sana bo‘yicha yana 45000000 so‘m pul mablag‘lari asfalt-beton mahsulotlari uchun “Artkon Stroy” MChJga o‘tkazilganligi to‘g‘risida ham soxta hujjat rasmiylashtiriladi. Qolgan 23606885 so‘m temir va temir mahsulotlari sotib olish uchun, 100000000 so‘m qurilish materiallari sotib olish uchun 34300000 so‘m ham yana temir mahsulotlari va panjaralar uchun, 15000000 so‘m esa bojxona atrofini tekislash va texnik xizmatlar uchun “Kort”, “Ruslan baraka”, “Dovud parvoz” va “Silver ving biznes” MChJlariga o‘tkazib berilganligi haqida hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Z.Murodov yana mansab vakolatidan foydalangan holatda xususiy tadbirkor Muhiddin Isroilovga Qozog‘iston Respublikasidan katta miqdorda un mahsulotlari keltirib berishni va'da qilib, uning 39000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini ham o‘zlashtirib oladi.
Keyinchalik uning ishonchiga kirib 10000 AQSh dollar miqdoridagi pullarini qaytarib olish sharti bilan qaytib beradi va biroz fursat o‘tib yana qaytarib oladi. Bunga ham yetarlicha vaj-karsonlar to‘qib, tadbirkor M.Isroilovning ham qo‘yninin puch yong‘oqqa to‘ldiradi.
Huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari tomonidan aniqlangan faktlar asosida Z.Murodov ham qilgan ayblari uchun qonun oldida javob berishga majbur bo‘ldi.