Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti BMT global forumida ishtirok etish uchun Bokuga keladi
Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an, BMT sivilizatsiyalar al'yansi VII global forumida qatnashadi. Anjuman 25-27 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ozarbayjon madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatgan.
BMTning respublikadagi vakolatxonasi matbuot kotibi Ruslan Ismoilzoda forumda alyans bosh kotibi Pan Gi Mun ishtirok etishi mumkinligini aytgan bo‘lsada, ammo tashkilot ushbu xabarni tasdiqlagani yo‘q.
Umuman, vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, anjuman ishida 120dan ortiq davlatdan kelgan 2,5 mingdan ortiq mehmon qatnashadi. Ular orasida prezidentlar, hukumat rahbarlari hamda vazirlar bo‘ladi.
Uch kun davomida yuqori lavozimli mehmonlar kengashi va 30ga yaqin sessiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Oliy darajadagi yig‘ilishda Boku deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Tsivilizatsiyalar alyansi — 2005 yili Turkiya va Ispaniya hukumat raislari tashabbusi bilan tashkil etilgan harakat bo‘lib, dunyoning turli siyosiy qutblarga bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilib qo‘ygan. U, "BMT bosh kotibi siyosiy tashabbusi maqomiga ega".